Putin Rossiya xavfsizligiga va unga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishga chaqiriqlar uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi.
280.4-moddasi “Davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar” kiritildi: 100 mingdan 500 ming rublgacha jarima yoki 2 yildan 4 yilgacha koloniya, shuningdek, guruh tomonidan yoki zo‘ravonlik, tahdid qilish - 5 yildan 7 yilgacha koloniyada 500 ming rubldan 2,5 million rublgacha jarima.
Rossiyaliklarning chet elda Rossiya manfaatlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etishi 500 ming rublgacha jarima bilan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qurolli to‘qnashuv yoki jangovar harakatlar sharoitida dushman tomoniga o‘tish davlatga xiyonat deb hisoblanadi (12 yildan 20 yilgacha koloniya, 500 ming rublgacha jarima).
Rossiyaliklarning xorijiy maxsus xizmatlari, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlar bilan maxfiy hamkorligi 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va 1 million rublgacha jarima bilan jazolanadi.
Davlat sirlarini muhofaza qilish talablarini buzish (7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) to‘g‘risida jinoiy modda kiritildi.
Natsizm va ekstremistik tashkilotlar ramzlarini takroriy targ‘ib qilish yoki ommaviy namoyish qilish (4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) bo‘yicha jinoiy modda kiritildi, hozir natsist va ekstremistik ramzlarni namoyish qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi