AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns ruslar va eronliklar bilan muzokaralardan so‘ng sochlari oqarib ketganini tan oldi.
“Tan olishim kerakki, men Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron oliy rahbari (Ali Xomanaiy) uchrashuvi tasvirlarini qo‘msamayman, chunki boshimdagi oqargan sochlarning aksariyati yillar davomida ruslar va eronliklar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida paydo bo‘lgan”, - dedi u.
Berns, shuningdek, seshanba kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan ikki yetakchi uchrashuvining ahamiyati haqidagi savolga javob bergan.
“Agar bu kadrlar ortidan qarasak, Rossiya va Eron hozir bir-biriga kerak. Ikkala davlat ham og‘ir sanksiyalar ostida, ikkalasi ham siyosiy izolyatsiyadan chiqishi kerak. Ammo ularning bir-biriga muhtojligi ularning bir-biriga ishonishini anglatmaydi. Chunki ular energetika sohasida raqiblar va tarixiy raqiblar ham”, deb ta’kidladi Berns.
Ma’lumot o‘rnida, Berns o‘zining diplomatik faoliyati davomida AQSHning Moskvadagi elchixonasida ishlagan, jumladan, 2005-2008 yillarda unga rahbarlik qilgan, shuningdek, 2008-2014 yillarda Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...