15:42 / 30.07.2022
1 263

Ukraina Bosh prokuraturasi ukrainalik asirning qiynoqqa solingani bo‘yicha ishni tergov qilmoqda

Ukraina Bosh prokuraturasi ukrainalik asirning qiynoqqa solingani bo‘yicha ishni tergov qilmoqda
Foto: Ukraina bosh prokuraturasi
Ukraina Bosh prokuraturasi 29 iyul, juma kuni rus askarlari ukrainalik asirni qiynoqqa solayotgani aks etgan videoni o‘rganish natijalari bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Ish urush qonunlari va odatlarini buzish moddasi bo‘yicha ochilgan, deb xabar berdi mahkama.

Bir necha soat oldin Ukraina Oliy Radasining inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubines videoni Jeneva konvensiyasi buzilishi ehtimoli bo‘yicha harbiy jinoyat nuqtayi nazaridan tekshirishga chaqirdi. Lubinetsning so‘zlariga ko‘ra, BMT, Qiynoqlar oldini olish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga ham xabarlar tayyorlanmoqda.

Videoda kamuflyaj formasidagi ikki erkak Ukraina formasiga o‘xshagan kiyimdagi odamni yerda ushlab turgani aks etgan. Ulardan biri ukrainalik asirni qiynoqqa solgan, unga kanselyariya pichog‘ini tiqib olgan.

Video internetda rossiyaparast va ukrainaparast bir qancha telegram-kanallarda paydo bo‘ldi. U qayerda, qachon va kim tomonidan olingani hozircha noma’lum. Keyinroq, 29 iyul kuni videoning ikkinchi qismi rossiyaparast telegram-kanallarda paydo bo‘ldi. Unda ukrainalik harbiyning boshiga o‘q uzilgani aks etgan.

Ukraina va Rossiya bir-birini harbiy asirlarni qiynoqqa solayotganlikda ayblab keladi. Human Rights Watch tashkiloti o‘z hisobotlaridan birida qiynoqqa uchragan Ukraina askarlarining ikki o‘limini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Bosh prokuraturasi ukrainalik asirning qiynoqqa solingani bo‘yicha ishni tergov qilmoqda