Namanganda 5 yoshli qiz zo‘rlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi

1 daqiqa o'qish15K
Namanganda 5 yoshli qiz zo‘rlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Namanganda 5 yoshli qizga nisbatan jinoiy harakat sodir etilgani bo'yicha Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, gumonlanuvchi K.M. sud qarori bilan qamoqqa olingan.
  • Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

Avvalroq Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasasida 5 yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan jinoiy harakat sodir etilgani va gumonlanuvchi qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan yangi ma’lumotlar ma’lum qilindi.

Bolalar ombudsmani ma’lumotiga ko‘ra, voqea bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi hamda 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan K.M. protsessual tartibda ushlangan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi belgilangan.

Ayni paytda ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan nomusga tegish bilan bog‘liq jinoyat uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Bunday jinoyatlar uchun jazoni o‘tash bilan bog‘liq ayrim yengilliklar qo‘llanilmaydi.

Hodisadan so‘ng hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan jabrlangan bola va uning oilasiga zarur psixologik, tibbiy, ijtimoiy hamda huquqiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur ko‘mak ishlari hozir ham davom etmoqda.

Bolalar ombudsmani esa ishni kuzatib, voyaga yetmagan jabrlanuvchining qonuniy huquq va manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda voqea yuzasidan tasdiqlanmagan turli xabarlar tarqalayotgani qayd etildi. Bolaning shaxsi, sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qiluvchi ma’lumotlarni tarqatish uning manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bolalar ombudsmani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda holatni yoritishda voyaga yetmagan jabrlanuvchining manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish hamda faqat rasmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga tayanishga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?