AP Photo
Shvetsiya mudofaa vaziri Piter Xultkvist mamlakat Ukraina uchun qurol ishlab chiqarishini inkor etmadi. Bu haqda u Daniyada bo‘lib o‘tgan 17 ta davlat mudofaa vazirliklari rahbarlari ishtirokidagi konferensiyada ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda «RBK» nashri.
Ukraina uchun qurol ishlab chiqarish bilan bir qancha davlatlar shug‘ullanishi mumkin, dedi vazir. Uning ta’kidlashicha, gap birinchi navbatda artilleriya tizimlari haqida ketmoqda. Xultkvistning fikricha, bunga Shvetsiyadan tashqari Slovakiya, Polsha va Chexiya ham hissa qo‘shishi mumkin.
- Shuningdek, Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan qurollarni ishlab chiqarish uchun, turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish liniyalaridan foydalanish haqida so‘z yurityapmiz, — deya qo‘shimcha qilgan u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi