Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi

Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi
Foto: gov.ge
Gruziyaning Batumi shahrida Qora dengiz sohilida ikkita sun’iy yarimorol va bir oroldan iborat arxipelag qurilishi boshlandi.

«Bugun o‘ziga xos zamonaviy loyihani boshlaymiz. Bu loyiha - ikkita sun’iy yarimorol va orol qurilishi», — dedi Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili.
Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi
Foto: gov.ge
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlarda ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish, sport, ta’lim, tijorat maskanlari quriladi, turistik yo‘nalishlar tashkil etiladi.

Yarimorollar va orolda 500 nomerdan iborat mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar markazlar joylashadi.
Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi
Foto: gov.ge
Loyihaga yo‘naltiriladigan investitsiya miqdori 100 mln dollarni tashkil etadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi – Zamin.uz, 04.09.2022