Rossiya Prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi a’zosi Kirill Kabanov mamlakatning «yangi fuqarolari» – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari uchun takliflar ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Unga binoan ular bir yil davomida majburiy harbiy xizmat o‘taydilar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortish nafaqat harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxsni, balki uning oilasini ham Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishga olib kelishi kerak.
Kabanov mazkur taklif Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan o‘z fuqarolarining maxsus operatsiyada ko‘ngilli sifatida ishtirok etishini rasman taqiqlaganiga javob bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilgan.
21 sentyabrdan boshlab Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilindi, davlat rahbari Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming zahiradagi askar xizmatga chaqiriladi, ular maxsus harbiy operatsiya zonasiga jo‘natilishdan oldin jangovar tayyorgarlikdan o‘tadi.
Shunisi qiziqki, “inson huquqlarini rivojlantirish kengashi a’zosi”ning kuchi faqat markaziy osiyoliklarga yetibdi. Taklifda boshqa davlatlardan kelib Rossiya fuqaroligini olganlar haqida lom-mim deyilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin