
Rossiyada turgan ayrim qirg‘izistonliklarga harbiy safarbarlikka chaqiruv qog‘ozi kelgan. Bu haqda Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Keneshi deputati Dastan Bekeshev ma’lum qildi.
Kecha RF davlat dumasi Jinoyat-protsessual kodeksga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Unda urushga oid normalar o‘rin olgan.
“Ayrimlar (qirg‘izistonliklar)ga chaqiruv qog‘ozi kelgan. Bizning elchimiz u yerda bekor o‘tirmasin, sobiq va amaldagi fuqarolarimizga diasporalar to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha ma’lumotlar bersin. Ular har qanday tahdidlarga tayyor bo‘lishi kerak. Ammo elchidan ma’lumot eshitmadim. Ammo unda ko‘proq informatsiya bor”, – degan deputat.
Ma’lumot o‘rnida: Bugun Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Unga ko‘ra, jangovar tajribaga ega hamda qurolli kuchlar zaxirasiga olingan fuqarolar armiya saflariga chaqiriladi. RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 300 ming kishi qurolli kuchlarga jalb qilinishini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar