17:23 / 24.09.2022
1 047

Yevrokengash rahbari Yevropa mamlakatdan qochayotgan rossiyaliklarni qabul qilishi kerakligini aytdi

Yevrokengash rahbari Yevropa mamlakatdan qochayotgan rossiyaliklarni qabul qilishi kerakligini aytdi
Foto: EPA
Yevrokengash raisi Sharl Mishel mamlakatdan qochib ketmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarolarini o‘z hududiga kiritishi kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

«Yevropa ittifoqi o‘z siyosiy qarashlari tufayli xavf ostida bo‘lganlarni qabul qilishi kerak. Agar Rossiyada odamlar o‘z siyosiy qarashlari sababli, ular Kremlning Ukrainada urush boshlashga oid tentakona qarorini qo‘llab-quvvatlamasligi sababli xavf ostida bo‘lsa, biz buni hisobga olishimiz kerak. Yangi holat yuzaga kelgani — Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingani munosabati bilan sa’y-harakatlarimizni tezlikda muvofiqlashtirishimiz kerakligiga qo‘shilaman», — dedi Mishel.

Avvalroq bir qator yevropalik siyosatchilar — xususan, Litva tashqi ishlar vaziri — ularning mamlakatlari safarbarlikdan qochayotgan rossiyaliklarga boshpana bermasligini ma’lum qilgandi. Yevropalik ba’zi huquqshunoslar qayd etishicha, bunday siyosat Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyaga va Yevroittifoqning boshpana taqdim etish to‘g‘risidagi qonuniga ziddir.

Shuningdek, Germaniya muayyan holatlarda Rossiya armiyasi dezertir (qochoq)lariga va «Putin rejimiga qarshi bo‘lganlar»ga boshpana berishga tayyorligini bildirgandi. Ayni vaqtda Chexiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakat safarbarlikdan qochayotgan Rossiya fuqarolariga gumanitar vizalar bermoqchi emasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevrokengash rahbari Yevropa mamlakatdan qochayotgan rossiyaliklarni qabul qilishi kerakligini aytdi