18:46 / 24.09.2022
1 760

Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak

Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Jozep Borrel
Foto: Europian Union

BBC nashriga bergan intervyusida Yevroittifoqning tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining safarbarlik haqidagi murojaatida aytib o‘tgan tahdidlarni e’tiborsiz qoldirish kerak emasligini ta’kidladi.

«Albatta, bu xavfli lahza, chunki Rossiya armiyasi burchakka tiqib qo‘yildi, Putinning reaksiyasi — yadro qurolini qo‘llash tahdidi esa juda chatoq bo‘ldi», — dedi Borrel.

Uning qayd etishicha, Rossiya bilan urushni tugatish haqida diplomatik kelishuvga erishish zarur — Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga rioya etilishi sharti bilan.

«Aks holda, urush tugaydi, ammo tinchlik bo‘lmaydi va yana boshqa urush boshlanadi», — dedi Borrel.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin Rossiya o‘z hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qo‘l ostidagi barcha vositalarni ishga solishga tayyorligini bildirgandi. «Bu quruq tahdid emas», — degandi u o‘z murojaatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak