
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya mudofaa vazirligi har kungi brifingda Ukrainadagi harbiy harakatlar xaritasini namoyish etib boradi — undan 4 oktabr kuni holatiga Rossiya qo‘shinlari amalda Xarkiv oblastini to‘liq tark etgani va Xerson oblasti shimolida chekinganini ko‘rish mumkin.
Taqdim etilgan xaritaga ko‘ra, Xarkiv oblastida Rossiya nazoratida Dvurechnoye posyolkasidan shimoli-sharqdagi kichik hududgina qolgan. Bir kun avval vazirlik oblastda Oskol daryosidan sharqdagi hududlar Rossiya nazoratida qolayotganini ma’lum qilgandi. Bundan kelib chiqadiki, 3-4 oktabr kunlari Ukraina qurolli kuchlari oblastda Rossiya nazoratida bo‘lib turgan hududning taxminan uchdan ikki qismini ozod etgan.

«Agentstvo» Rossiya qo‘shinlari Xerson oblasti shimolida ham chekinganiga e’tibor qaratgan. Bir kun muqaddam namoyish etilgan xaritada front chizig‘i Davidov Brod, Dobryanka va Zolotaya Balkani o‘z ichiga olgani aks etgan. 4 oktabr kuni esa vazirlik namoyish etgan xaritada bu hududlar Rossiya armiyasi nazoratida emasligini ko‘rish mumkin. Shu tariqa, hududdagi front chizig‘i taxminan 30 kilometr janubga surilgan.

Ukraina mudofaa vazirligi mamlakat armiyasi Xerson oblastidagi Davidov Brod qishlog‘ini ozod etgani haqida ma’lum qilgan.
Avgust oyi oxiri — sentyabr oyi boshida Ukraina keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi, natijada ko‘plab shahar va qishloqlar qaytarib olindi, xususan, Xarkiv oblasti deyarli to‘liq ozod etildi.
11 sentyabr kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain armiyasi sentyabr oyi boshidan buyon uch ming kvadrat kilometrdan ortiq hududni Ukraina nazoratiga qaytarganini ma’lum qilgandi.
Ukrainlarning qarshi hujumlari ortidan Rossiyada 21 sentyabr kuni safarbarlik e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar