14:18 / 08.10.2022
3 625

Putin birinchi bor Ukrainadagi urushni «fojiali» deb aytdi

Putin birinchi bor Ukrainadagi urushni «fojiali» deb aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarni fojiali deb atadi. Bu gapni Rossiya rahbari MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida aytib o‘tdi. Putin shuningdek, boshqa MDH davlatlari o‘rtasida ham mojarolar bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

«Bizning davramizda, albatta, MDH makonida xavfsizlikni ta’minlash muammolari bilan bog‘liq masalalarga ham to‘xtalamiz. Axir, haqiqatan ham fojiali voqealar sodir bo‘layotgan Ukrainadan tashqari, ba’zida postsovet davlatlarining hududlari ham nizolardan holi emas», — deydi Putin.

Rossiya davlati rahbari terrorizm va ekstremizm, jinoyatchilik, narkotrafik va korrupsiyaga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikka ko‘maklashish borasida ham fikr almashish muhimligini ta’kidladi.

Putinning iddao qilishicha, MDH davlatlari uzoq vaqtdan beri milliy valyutalarda hisob-kitob qilishga o‘tish harakatida va buni hech qanday siyosiy kon’yunkturasiz amalga oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo