13:15 / 12.10.2022
3 631

Lukashenko hozir MDHdagi asosiy odam kim ekanini aytdi

Lukashenko hozir MDHdagi asosiy odam kim ekanini aytdi
Foto: «president.gov.by»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Tojikiston rahbari Emomali Rahmonni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)dagi eng asosiy odam deb atadi. Bu haqda Lukashenko Dushanbega ishchi tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qildi.

Muzokaralar va undan keyin ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda Lukashenko va Rahmon Belarus va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik haqida gapirdi. Lukashenko Minsk Dushanbega yordam berishga tayyorligini ta’kidladi hamda bu samarali muzokaralar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berishiga ishonch bildirdi.

Lukashenko, shuningdek, Rahmon bilan o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida birga ishlayotganini ta’kidladi va shuning uchun o‘zlarini «oqsoqollar» deb hisoblashini aytdi. Lukashenko Rahmonga murojaat qilib, uni MDHdagi eng asosiy shaxs deb atadi.

"Siz oqsoqolsiz. Hozir MDHdagi eng asosiy odamsiz. Buni hammamiz tan olamiz. Men siz bilan birgaman", — dedi u va shu sababdan MDH rivojida ko‘p narsa unga va Rahmonga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.

Aleksandr Lukashenko Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan ham uchrashdi va suhbat davomida Rahmonni nega hurmat qilishini aytdi.

- "Bosib o‘tilgan yo‘l oson bo‘lmadi. Kecha men unga aytdim: Biz shuncha vaqt birga ishladik, lekin biror marta keskin gapirganimizni, janjallashganimizni, hatto bahslashganimizni eslay olmayman. Bizda barcha masalalarda hamisha yagona pozitsiya bo‘lgan. Har doim bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab kelganmiz. Bu do‘st bo‘lganimiz uchun emas. Mutlaqo hamfikr ekanligimiz uchun. Men uchun u hamisha o‘z vataniga sadoqat va fidoyilik namunasi bo‘lib kelgan", — dedi Belarus rahbari.

Aleksandr Lukashenko shuningdek, ikki davlat munosabatlaridagi muvaffaqiyatlar haqida gapirdi.

- "Xalqlarimiz bir-biriga o‘xshash. Hattoki, ular bir-biridan farq qilmaydi, degan bo‘lardim: ular mehribon, mehnatkash, iste’dodli xalqlar. Va bu borada munosabatlarimizda muayyan muvaffaqiyatlar bor", — dedi Aleksandr Lukashenko.

Лукашенко, Раҳмон, Беларусь президенти, Тожикистон

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko hozir MDHdagi asosiy odam kim ekanini aytdi