15:47 / 17.10.2022
1 168

Kiyevda ko‘p qavatli uyga dronlar hujum qilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Kiyevda ko‘p qavatli uyga dronlar hujum qilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: «Interfaks-Ukraina»
Kiyevga uyushtirilgan hujum oqibatida bir ayol turar joy vayronalari ostida qolib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Meduza.

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qilishicha, 17 oktabr kuni ertalab Kiyevga kamikadze-dronlar orqali besh marta zarba berilgan, oqibatda energetika ob’ektlari va turar joy binosi vayron bo‘lgan. Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlaridagi muhim infratuzilma ob’ektlari raketa hujumlariga uchragan. «Yuzlab aholi punktlari elektr quvvatidan uzilib qoldi», — dedi Ukraina hukumati rahbari.

Kiyev meri Klichko poytaxtda dronlardan biri kelib urilgan uy vayronalari ostidan ayol kishining jasadi chiqarib olingani haqida xabar berdi. Keyinroq vayronalar tagidan yana bir murda aniqlangani ma’lum qilindi.

Ayni vaqtda, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari Ukraina harbiy boshqaruv ob’ektlariga va energetika tizimlariga yuqori aniqlikdagi qurol yordamida zarbalar bergan, belgilangan ob’ektlarning barchasi nishonga urilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktabr, dushanba kuni ertalab Kiyev Rossiyaning kamikadze-dronlari hujumiga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muhim infratuzilma ob’ektlari, shuningdek, turar joy inshootiga zarar yetgan. Butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. Havo hujumlari haqida Dnepropetrovsk, Odessa, Nikolayev, Zaporoje va Sumi viloyatlaridan ham xabarlar kelib tushgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo