
Foto: Twitter / Andriy Yermak
Ukraina va Rossiya keng ko‘lamli asirlar almashinuvini o‘tkazdi, bu haqda 17 oktabr, dushanba kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak va Rossiya Mudofaa vazirligi bir-biridan mustaqil ravishda xabar berdi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, 72 nafar dengizchi Ukraina asirligidan Rossiyaga qaytgan. Kiyevda bu almashinuv «ayniqsa hissiyotli» deb ataldi, sababi 108 ayol asirlikdan qaytarildi. «Bu birinchi to‘liq ayollar almashinuvi edi», deb ta’kidladi Yermak.
«Yaqinlari intizorlik bilan kutgan onalar va qizlar asirlikda edi. Azovstaldan evakuatsiya qilingan 37 nafar ayol, 11 nafar zobit ayol, 85 nafar oddiy askar va serjant ayollar», - dedi Yermak. Unga ko‘ra, vatanga qaytgan qizlardan 35 nafari Ukraina Qurolli kuchlarida, 32 nafari Harbiy-dengiz flotida, 12 nafari hududiy mudofaa kuchlarida, sakkiz nafari Milliy gvardiyada, besh nafari davlat maxsus transport xizmatida, to‘rt nafari davlat chegara xizmatida ishlagan, 12 nafari esa tinch aholi vakillaridir.

Qaytgan ukrainalik ayollar orasida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin asirga olingan qizlar ham bor edi. «2019 yildan beri soxta respublikalarda odamlar yetim bolalar uchun insonparvarlik yordamini tashishda ifodalangan «juda ukrainaparastlik», «josuslik» va «terrorizm» uchun qamalgan», - dedi Yermak. Ozod etilganlarning eng keksasi 62 yoshda, eng kichigi 21 yoshda.
«Ikki ukrainalik ayol almashishdan oldin Rossiya Federatsiyasida qolishni hohlagan holda Ukrainaga qaytishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortdi», - deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar