1 783
Rossiyaliklar Xersondan chekinayotganida tergov izolyatori darvozalarini ochib ketgan. Yuzlab mahbuslar ozodlikka chiqqan

Foto: «Glavnoe.in.ua»
Rossiya armiyasi Xersondan chekinayotgan paytida tergov izolyatoridan 457 nafar mahbusni chiqarib yuborgan. Bu haqda telemarafon efirida Ukraina Milliy politsiyasi raisi Igor Klimenko ma'lum qildi.
Uning aytishicha, qochoqlarning 166 nafari allaqachon topilib, Odessa va Nikolaev viloyatlari hududlaridagi tergov izolyatorlariga yuborilgan.
Hromadske ma'lumotlariga koʻra, mahbuslarning barchasi Xerson tergov izolyatori ma'muriyati rossiyalik harbiylar bilan birga evakuatsiya qilinayotganida muassasadan qochib ketgan. Nashr da'vo qilishicha, xodimlardan biri qamoqxona darvozalarini ochib qoʻygan.
Rossiyaning «Sirena» nashri qochib ketgan mahbuslarning roʻyxatini e'lon qildi — ular orasida 124 kishi qotillik uchun, 11 kishi jinsiy zoʻravonlik uchun hukm qilingan.
Rossiya qoʻshinlari Xersondan qachon chekingandi?
9 noyabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qoʻmondonlik qiluvchi general Sergey Surovikinning taklifi bilan qoʻshinlarni Xersondan Dneprning chap qirgʻogʻiga olib oʻtishni buyurgandi. Ushbu qarorni shaharni toʻliq ta'minlash imkonsizligi va rossiyalik askarlar hayotini saqlab qolishga intilish bilan izohlashdi.
11 noyabr kuni ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi Xersondan chekinish haqida hisobot berdi. Qayd etilishicha, Dneprning chap qirgʻogʻiga jami 30 mingdan ortiq rossiyalik harbiylar hamda besh mingtaga yaqin qurol-yarogʻ va harbiy texnika olib oʻtilgan. Shu kuniyoq shaharga Ukraina harbiylari kirib keldi.
Xerson Ukrainada 24 fevraldan buyon Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan yagona viloyat markazi edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar