22:22 / 21.11.2022
1 336

Indoneziyada halokatli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada halokatli zilzila sodir bo‘ldi
Foto: AP
21 noyabr kuni Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 56 kishi halok bo‘ldi, 700 ga yaqini jarohat oldi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, fojia G‘arbiy Yava provinsiyasidagi Chianjur tumanida sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab turar-joy binolari, shuningdek, maktab, shifoxona va bir qancha ma’muriy binolarga zarar yetkazilgan.

5,6 magnitudali zilzila epitsentri poytaxt Jakartadan 74 km janubi-sharqda joylashgan. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda bo‘lgan.

Indoneziya meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi xabariga ko‘ra, «zilzila oqibatida sunami kelib chiqish xavfi yo‘q».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo