Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Foto: AP Photo
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Bayden ustidan g‘alaba qozonganini da’vo qilib, konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

«Bunday turdagi va miqyosdagi ommaviy firibgarlik barcha qoidalar va moddalarni, hatto konstitutsiyadagilarni ham bekor qilish imkonini beradi», — deydi siyosatchi. Uning fikricha, Amerika asoschilari ikki yil avval prezidentlik saylovlarida yuz bergan firibgarlikni e’tiborsiz qoldirishni xohlamagan bo‘lardi.

O‘z navbatida, Oq uy sobiq prezidentning bayonotiga munosabat bildirgan. Jumladan, prezident ma’muriyati matbuot kotibi Endryu Beyt Trampning so‘zlarini qoralashga chaqirgan.

«Siz faqat g‘alaba qozonganingizda Amerikani seva olmaysiz. AQSH konstitutsiyasi 200 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatimizda erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlagan muqaddas hujjatdir. Konstitutsiya Amerika xalqini, qaysi partiyadan bo‘lishidan qat’i nazar birlashtiradi va saylangan rahbarlar unga rioya qilishga qasamyod qiladi», — deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp 2017 yilning 20 yanvaridan 2021 yilning 20 yanvarigacha AQSHning 45-prezidenti bo‘lgan.

Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, mamlakatdagi saylov tizimini o‘zgartirishga va’da bergan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?