Tramp va rafiqasi Melaniya Oq uyda bolalarga Xellouin sovg‘alarini ulashdi (video)

AQSH prezidenti Donald Tramp va rafiqasi Melaniya Tramp 29 oktyabr kuni Oq uyda Xellouin bayrami munosabati bilan tashkil etilgan an’anaviy tadbirda ishtirok etdi. Ular bayramona liboslarda kelgan bolalarni kutib olib, shirinliklar tarqatdi.
Tadbir Oq uyning Janubiy maydonida bo‘lib o‘tdi. Bolalar turli qahramonlar qiyofasida kiyinib, prezident va uning rafiqasi bilan uchrashdi. Tramp va Melaniya ular bilan suratga tushdi, ayrim bolalarning liboslariga dastxat ham yozib berdi.
Bayram davomida musiqiy chiqishlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Shuningdek, AQSH prezidentining Air Force One samolyoti Oq uy uzra pastlab uchib o‘tdi. Bu holat tadbir ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.
Ma’lumot uchun, Xellouin har yili 31 oktyabr kuni nishonlanadi. AQSHda bayram arafasida bolalar turli qahramonlar libosini kiyib, uyma-uy yurib shirinlik so‘rash an’anasiga amal qiladi.






























Izohlar 0
…