1 055
Turkiya razvedka xizmatlari «Mossad»ga josuslik qilgan 44 nafar «xususiy tergovchi»ni hibsga oldi

Turkiya razvedka idoralari Istanbulda josuslik va Isroil razvedka xizmati Mossadda ishlaganlikda ayblanib, 44 kishini hibsga oldi, deb yozadi turk matbuoti.
Hibsga olish kampaniyasi «Falastinliklar va Turkiyadagi nohukumat tashkilotlari faoliyatini kuzatib, Mossad foydasiga josuslik qilgan xususiy tergovchilarning harbiy josuslikka qarshi maxsus operatsiyasi» doirasida o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, josuslikda ayblanayotgan shaxs Turkiyadagi Falastin partiyalari va shaxslari haqida Mossadga ma’lumot berish evaziga pul olgan «xususiy detektivlar» nomli guruhga tegishli bo‘lgan. Hibsga olinganlar orasida 2007 yilda tashkil etilgan Xususiy tergov jamiyati asoschisi ham bor.
Istanbul politsiyasi tomonidan ularga nisbatan tergov jarayoni yakunlanganidan keyin yetti nafar gumonlanuvchining ishi sudga oshirilgan. Boshqa gumonlanuvchilarni esa mamlakat Terrorga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan so‘roq qilish davom etmoqda. Ayni paytda xavfsizlik xizmatlari ushbu ish bo‘yicha 10 dan ortiq odamni qidirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar