Saudiya Arabistoni balandligi 2 kilometrlik osmono‘par bino qurmoqchi

1 daqiqa o'qish1.4K
Saudiya Arabistoni balandligi 2 kilometrlik osmono‘par bino qurmoqchi
Foto: meed.com
Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) poytaxt Ar-Riyoz yaqinida balandligi 2 kilometr bo‘lgan osmono‘par binoni qurishni rejalashtirmoqda. U Dubaydagi (BAA) 828 metrlik Burj Xalifa binosidan ikki barobar baland bo‘ladi.

Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi eng baland bino Makkadagi Abraj al-Bayt ko‘pqavatli binolar majmuasiga kiruvchi soat minorasi bo‘lib, uning balandligi 601 metrni tashkil qiladi.

Bo‘lg‘usi osmono‘par binoning umumiy maydoni 18 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Loyihaning taxminiy qiymati 5 milliard dollarga teng.

Mamlakat rasmiylari allaqachon tender e’lon qilgan. Unda ishtirok etishning narxi 1 million dollar bo‘lib, Skidmore, Owings & Merrill, Adrian Smith & Gordon Gill Architecture, Kohn Pedersen Fox va Gensler (AQSH), Killa Design (BAA), shuningdek, Egis (Fransiya) tarkibiga kiruvchi 10Design kompaniyalari ariza topshirgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?