23:15 / 21.12.2022
2 000

Putin: Ukrainadagi vaziyat fojia, lekin biz aybdor emasmiz (video)

Putin: Ukrainadagi vaziyat fojia, lekin biz aybdor emasmiz (video)
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar fojialigini ma’lum qildi. Bu haqda «Kremlin.ru» xabar berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bunga Rossiya siyosati emas, balki uchinchi davlatlar sababchidir.

«SSSR parchalanganidan keyin Moskva yillar davomida Kiyev bilan qardoshlik munosabatlarini o‘rnatishga harakat qilgan, energiya resurslarini yetkazib, 'deyarli tekin' kreditlar bergan. Rossiya hamisha sivilizatsiyalashgan dunyoning bir qismi bo‘lishni xohlagan, ammo strategik dushmanlar buni istamagan va asrlar davomida Rossiyani parchalab tashlashga harakat qilgan», — deydi u.

Putin Ukrainadagi vaziyat Moskvaning geosiyosiy raqiblari birinchi navbatda postsovet respublikalari va Ukrainaning «miyasini yuvish»ga qaror qilgani natijasi ekanini aytdi.

«Bizni ayblaydigan hech narsa yo‘q. Ukrainaliklarni doimo qardosh xalq sifatida ko‘rganmiz va hozir ham shunday deb o‘ylayman. Rossiya Ukraina bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish uchun urinishlar natija bermadi», — deydi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, u bugungi kunda deyarli barcha yirik NATO davlatlarining harbiy salohiyati va imkoniyatlari Rossiyaga qarshi faol qo‘llanilayotganini aytdi.

«Shunday bo‘lsa-da, askar, serjant va ofitserlarimiz Rossiya uchun mardona va qat’iyat bilan belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilmoqda», — deydi Putin.

U harbiy elitani NATO tajribasi va taktikasini tahlil qilib, ulardan armiyaning jangovar salohiyati va maxsus xizmatlar samaradorligini oshirishda foydalanishga chaqirdi. Prezident «maxsus operatsiya» to‘liq bajarilishiga yana bir bor va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Ukrainadagi vaziyat fojia, lekin biz aybdor emasmiz (video)