06:00 / 26.12.2022
888

Zelenskiy ofisining rahbari Kiyev Qrimni 2023 yilda qaytarib olmoqchiligini ma’lum qildi

Zelenskiy ofisining rahbari Kiyev Qrimni 2023 yilda qaytarib olmoqchiligini ma’lum qildi
Foto: «Stringer»
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Kiyevning Qrimni 2023 yilda qaytarish rejalari haqida ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.

Yermakning aytishicha, 2023 yil Ukraina uchun hal qiluvchi bo‘ladi. «Biz hududimizni qaytarish uchun hamma narsani qilamiz. Bu qiyin va mashaqqatli ish bo‘lishini tushunaman. Buyuk, mard xalqimiz kurashda davom etadi. Ishonchim komilki, kelgusi yil haqiqatan ham g‘alaba yili bo‘ladi», — dedi Zelenskiy ofisining rahbari.

G‘alaba Qrimning qaytarilishini o‘z ichiga oladimi, degan savolga u: «Albatta», deb javob berdi. AQSH ma’muriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yarimorolni qaytarish haqidagi va’dasini qo‘llab-quvvatlamagan, aksariyat tahlilchilar bu missiya Ukraina armiyasi uchun qiyin bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qurolli kuchlarining Qrimni ozod qilish operatsiyasi hali boshlanmagani, biroq aholi ongida u allaqachon shakllanganini aytgandi. Ukraina rahbari Qrimni nafaqat so‘z bilan, balki uni harbiy yo‘l bilan ham qaytarishga tayyor bo‘lish muhimligi, chunki rus harbiylari uni shunchaki tark etmasligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo