Yer yaqinidagi asteroidlar soni 40 mingtadan oshdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Yer orbitasiga yaqin boʻlgan va uning yoʻnalishini kesib oʻtuvchi 40 000 ta osmon jismi aniqlangan boʻlib, ularning deyarli 10 mingtasi soʻnggi uch yilda topilgan.
- Yangi kosmik jismlarni topish surʼati keskin tezlashmoqda, chunki asr boshida bunday obektlar soni atigi 1 000 tani tashkil etgan.
- Yaqin 100 yil ichida Yer bilan toʻqnashish ehtimoli noldan farq qiladigan 2 000 ga yaqin asteroid mavjud, biroq ularning aksariyati real xavf tugʻdirmaydi.
Astronomlar Yer orbitasiga yaqin boʻlgan va uning yoʻnalishini kesib oʻtuvchi 40 000 ta osmon jismi topilganini maʼlum qildi. Yevropa kosmik agentligi (ESA) maʼlumotiga koʻra, mazkur koʻrsatkich koinotni tadqiq etish tarixidagi muhim bosqich boʻlib, ularning deyarli 10 mingtasi soʻnggi uch yil ichida aniqlangan xolos. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi kosmik jismlarni topish surʼati keskin tezlashmoqda. Masalan, asr boshida bunday obektlar soni atigi 1 000 tani tashkil etgan boʻlsa, 2016-yilda 15 000 taga, 2022-yilda esa 30 000 taga yetgan edi. Birinchi shunday asteroid — Eros 1898-yilda kashf etilgan boʻlsa-da, haqiqiy ilmiy sakrash 1990-yillardan boshlab zamonaviy obzor teleskoplarining ishga tushirilishi bilan yuz berdi.
Xavfni oldindan baholash va orbitalar
Yangi obekt topilgach, olimlar bir necha kuzatuv maʼlumotlarini yigʻib, kompyuter modellari yordamida uning traektoriyasini oʻnlab va yuzlab yillar oldinga qarab hisoblab chiqadilar. Traektoriyaning aniqlanishi toʻqnashuv ehtimolini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin. Masalan, 2025 yil boshida 2024 YR4 asteroidi atrofidagi vaziyat aynan shu ssenariy boʻyicha rivojlangan edi.ESA maʼlumotlariga koʻra, yaqin 100 yil ichida Yer bilan toʻqnashish ehtimoli noldan farq qiladigan 2 000 ga yaqin yaqinatrovdagi asteroidlar mavjud. Biroq ularning aksariyati real xavf tugʻdirmaydigan darajada kichikdir. Global vayronagarchilikka olib kelishi mumkin boʻlgan diametri bir kilometrdan oshuvchi yirik obektlar esa oson aniqlanadi va olimlar ularning aksariyati allaqachon topilganiga amin.
Kelgusidagi vazifalar va yangi texnologiyalar
Hozirgi kunda asosiy eʼtibor oʻlchami 100 meterdan 300 metrgacha boʻlgan oʻrta kattalikdagi asteroidlarga qaratilgan. Ular maʼlum bir mintaqaga jiddiy zarar yetkazishga qodir, biroq ularning umumiy sonidan hozircha atigi 30 foizigina topilgan xolos. Yangi avlod yer usti observatoriyalarining ishga tushirilishi bu boradagi ishlatni yanada tezlashtirishi kutilmoqda.Har bir topilgan yangi obekt nafaqat kataloglarni boyitadi, balki bashorat qilish hamda potentsial xavfning oldini olish rejalarini tuzish uchun qimmatli vaqtni taqdim etadi. Ekspertlarning fikricha, joriy natijalar faqatgina ulkan muammoning «aysberg uchi» boʻlib, kelgusida yangi texnologiyalar yordamida koinot xavfsizligi yanada kuchaytiriladi.






























Izohlar 0
…