CNN Rossiyada faoliyat ko‘rsatish uchun litsenziya olishi mumkin


Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati (“Roskomnadzor”) vakili Vadim Ampelonskiy CNN telekanali Rossiyada ishlash uchun shu haftaning o‘zidayoq ruxsat olishi mumkinligini ma’lum qildi.
“CNN’ga OAV sifatida guvohnoma berish bo‘yicha ishlar yakuniy pallasiga yetmoqda. Bu boradagi ishlar yakuniga yetib, litseznziya taqdim etilsa, kanal Rossiyada avvalgidek ishlashda davom etishi mumkin”, deydi Ampelonskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Aleksandr Jarov allaqachon shu hafta oxirida imzolanadigan telekanalga ruxsat berish haqidagi qarorini tayyorlab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, CNN telekanali 2014 yilning 31 dekabridan boshlab Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan va o‘z xodimlarini chaqirib olgan edi.
Manba: ww.kun.uz































Izohlar 0
…