19:25 / 05.01.2023
1 209

Ukrainalik ayol Islom dinini qabul qildi

Ukrainalik ayol Islom dinini qabul qildi
Ikki yil davomida Islom dinini o‘rgangan ukrainalik Viktoriya Bexuzlova 49 yoshida shahodat kalimasini aytdi. Bu haqda Turkiya Diyonat ishlari vazirligi rasmiy sayti yozmoqda.

Ukraina fuqarosi Viktoriya Bexuzlova Chanoqqal’a viloyati muftiyligida bo‘lib o‘tgan marosimda iymon ne’matiga musharraf bo‘ldi.

Aytishlaricha, Ukrainaning Lugansk shahrida yashagan Viktoriya Bexuzlova hayot va oxirat haqida tafakkur qilish jarayonida Islom diniga qiziqib qolgan. Shundan so‘ng u 2 yil davomida Qur’oni karimning rus tilidagi ma’nolar tarjimasini o‘qib, Islom dinini chuqurroq o‘rgandi. Shu bilan birga musulmonlarning turmush tarzi va axloqlari bilan qiziqdi. Musulmon do‘stlaridan o‘zi tushunmagan jihatlarni so‘rab o‘rgandi.

Viktoriya izlanishlari natijasida musulmon do‘stlari tavsiyasi bilan hozirda o‘zi yashab turgan Chanoqqal’a viloyati muftiyligiga murojaat qildi. Viloyat muftiysi Shukru Kabukchu marosimda yig‘ilganlarga Islom dini haqida, jumladan, muslima ayollarning huquq va majburiyatlari haqida gapirib berdi.

Izlanishlari natijasida islom dinini o‘rganib, do‘stlari ta’sirida dinimizni tanlab musulmon bo‘lgan singlimizni chin qalbimdan tabriklayman. Alloh taolo uzoq umr, salomatlik, farovonlik va iymon-e’tiqod ato etsin”, deya duo qildi muftiy hazratlari.

Viktoriya Bexuzlova shu yerda o‘z ismini Malak deya o‘zgartirganini e’lon qildi.

Marosim so‘ngida viloyat muftiysi Malak Bexuzlovaga “Musulmonlik shahodatnomasi”ni, shu bilan birga Qur’oni karim tarjimasi va boshqa diniy kitoblarni sovg‘a qildi.

Ahmad Ali tayyorladi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo