07:54 / 11.01.2023
784

Pokistonlik ko‘p bolali otaning oltmishinchi farzandi tug‘ildi

Pokistonlik ko‘p bolali otaning oltmishinchi farzandi tug‘ildi
Foto: BBC
Pokistonning Kvatta shahrida yashovchi 52 yoshli Sardorjon Muhammadhon Xiljiy oltmishinchi marta ota bo‘ldi, deb xabar berdi BBC News.

Erkak mutaxassisligi bo‘yicha shifokor, o‘z klinikasiga ega. U uch nafar ayolga uylangan. U yanada ko‘proq farzand ko‘rish uchun to‘rtinchi xotin olishni rejalashtirmoqda va do‘stlaridan kelin topishda yordam so‘ragan.

Xiljiy so‘zlariga ko‘ra, avval u yuz nafar farzand ko‘rishni rejalashtirgan edi. Biroq keyinchalik fikrini o‘zgartirgan, chunki mamlakatda kun ko‘rish juda qimmatga tushadi.

Ko‘p farzandli ota sayohat qilishni yoqtirishini aytdi. Ammo farzandlarining barchasini mashinaga sig‘dira olmasligidan nolidi. U hukumatdan avtobus berilishiga umid qilmoqda.

Pokiston dunyodagi aholisi ko‘p mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu davlatda 220 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo