734
AQSH fuqarolari Kongress qo‘mitasi raisining musulmonlarga qarshi bayonotlaridan xavotirda

Musulmon huquqlari tashkilotlari kongressmen Mark Grinning Vakillar palatasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlanishidan xavotir bildirar ekan, mulozimning musulmonlarga qarshi chiqishlari borligini ta’kidladi.
Grin, shifokor, Iroq urushi veterani va Tennessi shtatining sobiq respublikachi senatori, shu hafta boshida Vakillar palatasida respublikachilar tomonidan saylanganidan so‘ng qo‘mitaga raislik qiladi.
Biroq musulmon tashkilotlari qonun chiqaruvchining musulmonlar va islom dini haqidagi oldingi bayonotlarini inobatga olgan holda, uning yangi vazifa o‘tganidan xavotirga tushgan.
“Grinning musulmonlar, LGBTQ+ odamlari va immigrantlarga nisbatan nafratli so‘zlari uni armiya kotibi lavozimiga tayinlanish huquqidan mahrum qildi va bu tarix uni Vakillar palatasining Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga raislik qilish huquqidan mahrum qiladi”, dedi Sumaya Vahid, Muslim Advocates'ning Vashingtonda joylashgan milliy advokatlik tashkiloti katta siyosiy maslahatchisi Huffington Post nashriga bergan intervyusida.
Mark Grin 2016 yilda Respublikachilar partiyasi yig‘ilishlarning birida tinglovchilarga "Tennessi shtatidagi davlat maktab o‘quvchilarining islom dinini o‘rganishini istamasligini" aytgan edi.
Bu uchrashuvda tinglovchilardan biri “Davlat maktablarimizda islom dinini singdirish bo‘yicha o‘z pozitsiyamizni egallashimiz kerak”, degan. Bunga javoban Grin: "Men roziman", deya javob bergan.
“Biz islom o‘lkalari tarixini o‘rgatishimiz mumkin, siz Islom arkonlarini o‘rgatishni boshlaganingizda, musulmonlar kabi namoz o‘qishni o‘rgatsangiz, bunisi ortiqcha, bunga toqat qilmaymiz", degan Grin.
2015 yilda Tennessi shtati senatori sifatida Grin ham suriyalik qochqinlarning o‘z shtatiga kirishini taqiqlashga chaqirgan edi.
Grin kompaniyasining PR direktori Reychel Del Guidisning Middle East Eye nashriga aytishicha, ba’zi ommaviy axborot vositalari uning terrorizm va ISHID haqidagi so‘zlarini kesib, buzib talqin qilganini aytib o‘tgan.
“Grin o‘z dinini hech kimga oshkor qilmagan va buni ochiqlash niyatida ham emas. Uning fikricha, har bir amerikalik faqatgina o‘z mamlakatini himoya qilish huquqiga ega", dedi Del Guidice.
2017 yilda Grin ham o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp uni armiya kotibi etib tayinlaganidan so‘ng musulmon tashkilotlari tomonidan kuzatila boshlagan edi. Natijada u o‘z nomzodini ko‘rib chiqishdan olib tashladi.
Grindan tashqari, Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti vakil Ilhan Umarni Kongressdagi lavozimidan chetlatish haqidagi va’dasiga sodiq qolganini aytganidan keyin islomofobiyada ayblangan edi.
Musulmon bo‘lgan Ilhan Umar 2018 yilda AQSH Kongressiga saylanganidan beri islomofobik hujumlar va o‘lim tahdidlariga duch kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar