528
Zelenskiy: «G‘arb yetkazib beradigan 50 ta tank Rossiyaning minglab tanklariga qarshi jangda yordam bermaydi»

Foto: «TASS»
Ukrainaga kam miqdorda G‘arb tanklari yetkazib berilishi nizoning borishini o‘zgartirmaydi, ammo ukrainalik harbiylarini ruhlantirishda yordam beradi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida.
«Chunki qurol yetkazib berayotgan G‘arb mamlakatlari butun dunyo biz tomonda ekanligini ko‘rsatmoqda. Menda 10 ta tank bor — hammasini oling. Menda 100 ta tank bor — hammasi sizga. Menda bitta tank bor — mana, sizga bo‘lsin, deyishyapti», — deya aniqlik kiritdi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti qayd etishicha, Ukraina qurolli kuchlari «minglab tanklari bor» Rossiya armiyasiga qarshi kurashayotgan bir paytda, 10—50 ta tank bilan muammoni hal qilish imkonsiz.
Yanvar oyida bir qancha G‘arb mamlakatlari Ukrainaga tank yetkazib berishni va’da qildi — Britaniya hukumati o‘z hududida ishlab chiqarilgan Challenger 2 eskadronini yo‘naltirishga va’da berdi, Polsha hukumati Leopard nemis tanklarini yuborish niyatini ma’lum qildi, Berlin bunga ruxsat berishini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, Germaniya hukumati o‘z zaxiralaridagi tanklarni AQSHdan oldin yetkazib berishdan bosh tortib, buni mamlakatning tarixiy o‘tmishi bilan bog‘lamoqda.
The New York Times ekspertlarga tayanib yozishicha, Germaniya hukumati «tarixda nemis qurol-yarog‘i millionlab odamlarni o‘ldirish uchun qo‘llanilgani» nuqtai nazaridan, qurol yetkazib berish masalasida ehtiyotkorlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar