14:36 / 26.01.2023
643

«Al-Azhar» Shvetsiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi

«Al-Azhar» Shvetsiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi
Misrdagi "Al-Azhar" universiteti butun dunyo musulmonlarini Qur’oni karimga qarshi hujumlarga qarshi qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.

"Al-Azhar" universiteti barcha musulmonlarni Shvetsiya va Gollandiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirdi. Azharning bayonotida barcha musulmonlar Qur’oni karimga nisbatan qilinayotgan hujumlarga qarshi qat’iy pozitsiyalarini bildirish maqsadida Gollandiya va Shvetsiya hukumatlariga munosib tarzda javob qaytarishlari kerakligi va bunday insonlar tushunadigan yagona til moddiyat ekanligi aytildi.

Bayonotda, ikki mamlakat "so‘z erkinligi" sifatida izohlagan g‘ayriinsoniylik va axloqsizlik timsoli bo‘lgan jirkanch va qo‘pol jinoyatni himoya qilishda davom etilishini qabul qilib bo‘lmas ish ekanligi ta’kidlangan.

Arab va musulmon xalqlarga Gollandiya va Shvetsiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqirish to‘g‘risidagi bayonotda, xususan bolalar va yoshlar bu borada xabardor qilinishlari kerakligi ta’kidlanib, bunday adashgan kimsalar haqida ma’lumotga ega bo‘lmasliklari bu dinning qadr-qimmatini idrok qilolmasliklariga sabab bo‘lishi bildirildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo