AQSH Rossiyaga aloqador o‘zbekistonlik fuqarolarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

1 daqiqa o'qish685
AQSH Rossiyaga aloqador o‘zbekistonlik fuqarolarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Foto: REUTERS/Brian Snyder
AQSH Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni joriy qildi. Qora ro‘yxatga Singapur, Latviya, Kipr, Isroil, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari kiritilgan.

Jumladan, ro‘yxatda O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi bor. Ular: Gilad Piflaks (1992 yilda Toshkentda tug‘ilgan, O‘zbekiston va Isroil fuqaroligiga ega) va Maks Borisovich Piflaks (1962 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega, 2002 yilda Kiprda tashkil etilgan Mateas Ltd kompaniyasi rahbari).

Ro‘yxatdagi boshqa shaxslar:
- Marks Blats (Latviya);
- Serena Bi Lin (Singapur);
- Igor Palnichenko (Kipr);
- Aleksandr Volfovits (Kipr, Isroil);
- Ariel Volfovits (Kipr);
- Stanislav Volfovits (Kipr, Isroil);
- Igor Zimenkov (Isroil, Rossiya);
- Natan Zimenkov (Rossiya).

Yuridik shaxslar ro‘yxati:
- Asia Trading & Construction PTE LTD (Singapur);
- DES Defense Engineering Solutions LTD (Isroil);
- Elektrooptika SIA (Latviya);
- GBD LTD (Kipr);
- GMI Global Manufacturing & Integration LTD (Kipr);
- Kliosa LTD (Kipr);
- Mateas LTD (Kipr);
- Pitaron LTD (Kipr);
- Terra-AZ LTD (Kipr);
- Texel FCG Technology LTD (Isroil);
- U-Stone LTD EOOD (Bolgariya);
- VFC Solutions LTD (Kipr).

AQSH Moliya vazirligining ta’kidlashicha, yuqorida sanab o‘tilganlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksini (HSK) qo‘llab-quvvatlash maqsadida sanksiyalardan qochgan jismoniy va yuridik shaxslarning «global tarmog‘i»dir. Bu haqda «Kommersant’» yozdi.

«Rossiya AQSH sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun «qo‘g‘irchoqlar»dan foydalanishga urinmoqda. Bu umidsiz urinishlar sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun Putinning urush mashinasini qayta ta’minlashni ancha qiyinlashtirganini va qimmatga tushganini ko‘rsatmoqda», deydi AQSH moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyemo.

AQSH moliya vazirligi Igor Zimenkovni «Zimenkov tarmog‘i» rahbari, Rossiya va Kipr fuqaroligiga ega «qurol savdogari» deb biladi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uning oilasidagi ba’zi odamlar sanksiyalangan «Rostex» va «Rosoboroneksport» korporatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?