Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan 2169 erkak hibsga olindi

1 daqiqa o'qish456
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan 2169 erkak hibsga olindi
Foto: AP
Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida politsiya xodimlari erta nikohga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda NDTV telekanali maʼlumotlariga tayanib “Kommersantʼ” xabar berdi.

Mahalliy politsiya boshlig‘i Gyanendra Pratap Singx maʼlumotlariga ko‘ra, erkaklar politsiya tomonidan ochilgan 4074 ta ish bo‘yicha hibsga olingan.

Ko‘rsatuvda qo‘lida yosh bolalari bo‘lgan ayollar ham namoyish etilgan. Ular erining hibsga olinishiga qarshi chiqqan. «Biz birga yashayotgandik, zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan bo‘lsak ham, baxtiyor edik. Erim hibsga olingandan keyin kim bizni taʼminlaydi?», deydi ayollardan biri.

1978 yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromad pastligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.

2021 yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish haqidagi qonun loyihasi taqdim etilgan edi. Biroq, hujjat hali tasdiqlanmadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?