
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan migratsiya bitimini imzolamoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Rossiya TIV MDH davlatlari uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternikning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu yil O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolashni kutmoqda.
Hozirda Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda migratsiyadan oldingi o‘quv markazlarini ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Bizning qonunchiligimizga muvofiq, markazlar Rossiyaga kelishni xohlovchilarga bir qator xizmatlarni (daktiloskopiya, suratga olish, ro‘yxatga olish) ko‘rsatadi. Rossiyalik ish beruvchilar uchun tashkillashtirilgan holda yollash hamda zarur tibbiy ma’lumotnomalar bo‘yicha maslahatlar beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, biz shiddatli migratsiya oqimlarini tartibga solish bilan birgalikda shug‘ullanamiz, bu umumiy manfaatdir”, - deydi Sternik.
Biz shu yil oxirigacha O‘zbekiston, Qirg‘iziston va, ehtimol, Tojikiston bilan hukumatlararo tegishli kelishuvlarni imzolashga umid qilamiz, deya qo‘shimcha qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar