date
views 350

«Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘ yo‘lida qor ko‘chkisi tufayli tirbandlik yuzaga keldi

«Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘ yo‘lida qor ko‘chkisi tufayli tirbandlik yuzaga keldi
Bugun Qirg‘izistonning«Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘li avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi sabab 3 km dan uzun tirbandlik yuzaga keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi bugun soat 9:30 atrofida «Bishkek-O‘sh» avtomobil yo‘lining 223-kilometrida (Sharshara uchastkasi) tushgan.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar bericha, Jalolobod viloyatida uchta qor ko‘chishi sodir bo‘lgan.

Transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev qor ko‘chkisi avtomobil yo‘lining 243-kilometrida ham tushganini aytdi. Voqea joyida yo‘lchilar va Transport vazirligining texnikalari ishlamoqda.

Qor ko‘chkisi tufayli barcha transport turlari uchun harakat vaqtincha cheklangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bishkek-O‘sh» shaharlarini bog‘lovchi tog‘ yo‘lida qor ko‘chkisi tufayli tirbandlik yuzaga keldi