Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatish shartini aytdi

1 daqiqa o'qish289
Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatish shartini aytdi
Pashinyan Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatish shartini aytdi
Ozarbayjon va Armaniston bir-birining hududiy yaxlitligini tan olsa, har ikki tomon tinchlik kelishuviga erishadi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentdagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.
 
“Agar ikki davlat bir-birining hududiy yaxlitligini aniq tan olsa va kelajakda hududiy da’volarga ega bo‘lmasligiga rozi bo‘lsa, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik kelishuvi haqiqiy bo‘ladi”, — dedi Pashinyan.
 
O‘z navbatida, siyosatchi uning mamlakati Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini to‘liq tan olishini ma’lum qildi.
 
“Ozarbayjondan ham Armaniston SSR hududini Armaniston respublikasi deb tan olishi orqali shunday qilishini kutamiz”, — dedi u.
 
Armaniston hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “tinchlik kelishuvini kafolatlash uchun xalqaro mexanizmlar shakllantirilishi muhim, aks holda kelishuv imzolangandan keyingi kun yangi urush yoki keskinlik boshlanishi mumkin”.
 
Pashinyanning aytishicha, Ozarbayjonning muzokaralar davomida Armaniston uning hududiy yaxlitligini tan olishdan bosh tortgani haqidagi iddaolari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
 
“Armaniston tomonining o‘zi SSSRda hududiy yaxlitlik asosi sifatida tayyorlangan Armaniston va Ozarbayjon SSR hududi xaritalarini shartnomaga qo‘shish tashabbusi bilan chiqdi”, — dedi u.
 
11 aprel kuni Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma sodir bo‘lgandi, tomonlar hodisada bir-birini ayblagandi. 
 
Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga ko‘ra, uning Lochin yo‘nalishidagi pozitsiyalari Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan. Vazirlik chegaradagi vaziyatni Armaniston tomonining provokatsiyasi deb atagan.
 
Armaniston Mudofaa vazirligi esa aynan ozarbayjonlik harbiylar Tex hududida muhandislik ishlari olib borayotgan arman askarlariga qarata o‘t ochganini ta’kidlagan. Vazirlik arman kuchlari orasida yo‘qotishlar va yaradorlar borligini qayd etgan, qarshi tomon minomyotlardan foydalangani aytilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?