![Shotlandiyada odamlar yashamaydigan orol 186 ming dollarga sotuvga qo‘yildi](/uploads/posts/2023-04/orol.jpg)
Foto: Galbraith
Shotlandiyada Barlokko oroli 150 ming funt sterlingga (186 ming dollar) sotilmoqda. Bu haqda Galbraith rieltorlik kompaniyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Barlokko Dumfriyes va Galloveyda joylashgan, Flint ko‘rfazining eng g‘arbiy oroli. Uning maydoni 25 akr (taxminan 100 ming kvadrat metr).
Orolning g‘arbiy tomonida qayiq bog‘lash mumkin bo‘lgan toshli plyaj mavjud. Past suv oqimi sabab undan Barlokkoga piyoda yoki traktorda borish mumkin.
Orolda binolar va turar joy inshootlari va suv ta’minoti yo‘q. Qish oylarida chorva mollari va hayvonlarni suv bilan ta’minlash uchun hovuz suv bilan to‘ldiriladi.
E’longa ko‘ra, orol “Alohida ilmiy qiziqish maydoni” deb nomlanadi. Shotlandiya hukumati uni diqqatga sazovor flora, fauna yoki relef shakllari deb hisoblaydi.
The New York Times'ning yozishicha, orolning turli mamlakatlardan, jumladan, Italiya, Germaniya, Norvegiya va AQSHdan 50 ga yaqin potensial xaridorlari bor. Orolning sotuvchisi oshkor etilmagan.
2017 yilda Shotlandiyaning Alva oroli sotuvga qo‘yilgan. Shimoli-g‘arbiy Yozgi orollar arxipelagidagi kichik Karn Deas orolini 2021 yilda sotib olish mumkin bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar