18:18 / 26.05.2023
224

Qirg‘izistonda korrupsioner amaldorlarning bor mulkini tortib olish taklif qilindi

Qirg‘izistonda korrupsioner amaldorlarning bor mulkini tortib olish taklif qilindi
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbari Qamchibek Tashiyev korrupsiyaga qarshi qanday kurashayotgani haqida gapirdi. Bu haqda u Facebook akkauntida yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Qirg‘iziston rasmiylari bunday jinoyatlarga qarshi faol kurash olib bormoqda.
 
Ushbu kurash uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
 
1. Korrupsiyaga qarshi kurashni tizimlashtirish, asosiy yo‘nalishni aniqlash;
2. Jinoyatlar uchun jazoni qonunchilik darajasida kuchaytirish;
3. Tushuntirish ishlari, shuningdek, axborot ta’minotini olib borish.
 
Hozircha faqat birinchi bosqich yakunlandi. Bu 2-3, maksimal 6 oy davom etadi deb o‘ylagandik. Ayni vaqtda 2,5 yildan beri jinoyatchilikka qarshi kurashyapmiz, bu esa katta kuch va sabr-toqatni talab etadi”, — dedi u.
 
Tashiyev samarali jazo sifatida korrupsioner mansabdorlarning davlatga yetkazilgan zararni qoplash va “yengil” jazo bilan qutulishiga yo‘l qo‘ymaslikni, balki javobgarlikni sezilarli darajada oshirish va sud qarori bilan jinoyatchilarning barcha mol-mulkini musodara qilishni taklif qildi.
 
Kurashning ikkinchi bosqichi bir yoki ikki yilga cho‘zilishi mumkin. Bu juda qiyin bo‘ladi, men hamma narsadan voz kechishim kerak — oila, qarindoshlar, do‘stlar. Biroq, hech kim noqonuniy tarzda javobgarlikka tortilmasligi kerak. Biz faqat birgalikda kuchli va adolatli davlat qura olamiz”, — deb yozdi maxsus xizmatlar rahbari Facebook'dagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda korrupsioner amaldorlarning bor mulkini tortib olish taklif qilindi
ePN