
Istanbuldan tashqari yana 5 viloyatdagi 33 manzilda o‘tkazilgan ushbu reyd tadbirlarida respublikada faoliyati ta’qiqlangan Fathullohchi (Fathulloh Gulen boshchiligidagi) terror tashkilotining (FETO) moliyaviy tuzilmasiga qarshi uyushtirilgan operatsiyada 28 nafar gumondor qo‘lga olindi.
Istanbul Kontrabanda jinoyatlariga qarshi kurash bo‘limi guruhi, Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi koordinatsiyasida o‘tkazilgan “Gazi Turgut Aslan operatsiyasi” doirasida FETOni moliyalashtirgan va hozirgi tuzilmasida faoliyat olib borgan 33 nafar gumondorning shaxsini aniqladi.
Istanbul, Antaliya, Bursa, Denizli va Eskishehirda 33 manzilga bir vaqtda operatsiya o‘tkazgan tezkor guruhlar, 28 nafar gumondorni qo‘lga oldi. Manzillarda o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida 43 ming 195 lira, 65 ming 190 dollar, 19 ming 300 yevro, 315,42 gramm oltin, 4 kilogramm kumush, 2 dona “F” seriyali 1 dollar musodara qilindi. Qo‘lga olingan gumondorlar politsiya bo‘limiga olib ketildi, manzillarida bo‘lmagan 5 nafar gumondorni qidiruv ishlari davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar