14:42 / 05.07.2023
493

Millionerlarning sohibjamol va o‘z karyerasiga ega rafiqalari (foto)

Millionerlarning sohibjamol va o‘z karyerasiga ega rafiqalari (foto)

Boy va muvaffaqiyatli erkakning xotini bo‘lish ikki sababga ko‘ra mashaqqatli: agar biror narsaga o‘zingiz erishsangiz, buni eringizning yordami bilan deb bilishadi va agar eringizdan ham muvaffaqiyatli bo‘lsangiz, oilangizda raqobat hukm suradi, deb hisoblashadi. Biroq odamlar nima demasin, quyidagi taniqli ayollar hech kimning fikriga qaramaydi va shunchaki o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarishda davom etadi.

Melaniya va Donald Tramp­­

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: Qo‘shma Shtatlarning sobiq birinchi xonimi, sobiq model, soat va zargarlik buyumlari dizayneri

AQSH prezidenti lavozimini egallashdan oldin Donald Tramp tadbirkor, shoumen va Amerikaning eng boy odamlaridan biri sifatida tanilgan, uning rafiqasi esa mashhur model va dizayner edi. Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lgach, Melaniya birinchi xonim bo‘ldi.

Foto: Legion Media

Melaniya bir muncha vaqt karyerasi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keldi, lekin u hech qachon modadan voz kechmagan. U moda diplomatiyasi bilan shug‘ullangan va fransuz hamkasbi Brijit Makron bilan birgalikda birinchi xonim institutining butun dunyo bo‘ylab mashhurligini oshirgan. Albatta, Tramp xonimning moda eksperimentlari har doim ham o‘zini oqlamaydi, biroq amerikaliklarning tanqidiga va eri bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Melaniya o‘z ishini bajarishda va ijtimoiy tadbirlarda qatnashishda davom etdi.

Ivanka Tramp va Jared Kushner

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: ishbilarmon ayol, model, yozuvchi

Ivanka Tramp va Jared Kushner xuddi Romeo va Juletta singari raqib biznesmen oilalaridan bo‘lib, bir-birini sevib qolishadi. Xayriyatki, juftlikning sevgi hikoyasi fojiali yakun topmaydi. Ilgari ularning ikkalasi ham Tramp ma’muriyatida maslahatchi bo‘lib ishlagan, hozir esa o‘z loyihalarini boshqarmoqda. Jared ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi va New York Observer’ga rahbarlik qiladi. Ivanka esa Ivanka Trump Designs kiyim brendini boshqaradi va biznes bo‘yicha kitoblar yozadi.

Miranda Kerr va Evan Shpigel

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: model, ishbilarmon ayol

Miranda bir necha bor eng boy supermodellar 10 taligiga kiritilgan, shuningdek, u dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb ataladi. 2017-yil bahorida Victoria’s Secret’ning sobiq modeli Miranda Kerr va Snapchat asoschisi Evan Shpigel rasman turmush qurishdi va umumiy daromadi 2,38 milliard dollar bo‘lgan yangi ijtimoiy birlikni tashkil qilishdi.

Natalya Vodyanova va Antuan Arno

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: model, filantrop

2020-yil sentabr oyida Natalya Vodyanova sevgilisi va ikki farzandining otasi Antuan Arnoga turmushga chiqdi. Ikkalasining ham karyerasi moda bilan bog‘liq: Natalya — dunyoga mashhur supermodel, Antuan esa Yevropa kiyim va poyabzal ishlab chiqaruvchisi Berluti rahbari, shuningdek, kompaniyaning direktorlar kengashi a’zosi.

Salma Hayek va Fransua Anri Pino

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: aktrisa

Va nihoyat, 2009-yilda ko‘p yillik munosabatlardan so‘ng Salma va Fransua Anri Venetsiyada La Fenise qadimiy teatrida turmush qurishdi. Ularning 2007-yilda tug‘ilgan Valentina Paloma Pino ismli qizi bor.

Foto: Legion Media

Salma Hayek ko‘p yillar davomida Gollivuddagi eng muvaffaqiyatli aktrisa sifatida e’tirof etilgan, Fransua Anri Pino esa milliarder va moda olamidagi eng nufuzli odamlardan biri. U Alexander McQueen, Gucci, Saint Laurent Paris, Balenciaga, Bottega Veneta, Boucheron, Brioni, Christopher Kane kabi brendlarga egalik qiluvchi Kering kampaniyasini boshqaradi.

Amal va Jorj Kluni

Foto: Legion Media

Nima ish qiladi: huquqshunos, faol

Kluni juftligining daromadlari juda katta, ular faqat Jorjning gonorarlari bilan cheklanmaydi. Uzoq vaqt davomida aktyor Sindi Kroufordning eri Rend Gerber bilan birgalikda tekila biznesiga ega bo‘lgan. Keyin sheriklar kompaniyalarini sotishadi, buning uchun ular bir milliard dollardan olishadi. Ayni paytda Jorjning rafiqasi Amal ham bekorchi emas. Ochig‘ini aytganda, ayol 2014-yilda Gollivud aktyoriga turmushga chiqishidan oldin ham taniqli edi. Amal mashhur huquqshunos. Uning mijozlari ro‘yxatida Julian Assanj, Yulya Timoshenko, Mohammed Nashid va boshqa ko‘plab ismlar bor.

Foto: Legion Media

Bundan tashqari, Amal o‘zining ijtimoiy faoliyati bilan ham mashhur. U Xalqaro sudda, sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunalda, arman genotsidini tan olish kampaniyasi va ko‘plab xayriya loyihalarida ishlaydi. Qizig‘i shundaki, Kluni xonim bularning barchasini onalik bilan mukammal uyg‘unlashtirgan – 2017-yilning yozida juftlik egizak farzandli bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Millionerlarning sohibjamol va o‘z karyerasiga ega rafiqalari (foto)
ePN