17:00 / 07.07.2023
454

Grigoriy Leps MDH davlatlarida konsertlari bekor qilinganiga munosabat bildirdi

Grigoriy Leps MDH davlatlarida konsertlari bekor qilinganiga munosabat bildirdi

Foto: Grigoriy Lepsning VK'dagi sahifasi

Rossiya xalq artisti Grigoriy Leps O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi konsertlari bekor qilinganiga munosabat bildirib, bu uni “xavotirga solmasligini” ta’kidladi. Bu haqda u “Govorit Moskva”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Xonanda Rossiya va MDH davlatlarida yetarlicha ishi borligini ta’kidladi va “musiqa siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak” degan fikrni bildirdi.

Endi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqalarsiz qanday yashayman? U yerdagi odamlarning aksariyati mutlaqo normal, ba’zi o‘ta chap yoki o‘ngdagilar bor ularga 20 dollar to‘langan, shuning uchun ular harakat qilib ko‘rishdan mamnun. Qolganlariga kelsak, menga baribir.
Rossiyada yashayman, menga MDH mamlakatlaridan — Janubiy Amerika, Malayziya, Turkiya va shu kabilardan tashqari dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga kirish taqiqlangan. Men mutlaqo xotirjamman, vatanimda juda baxtliman. Hech qanday muammo yo‘q.

Qolaversa, ular o‘z yurtlarining xo‘jayini, ular kimnidir kiritishga, kimnidir kiritmaslikka haqli, lekin buning musiqaga aloqasi yo‘q. Musiqa siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak. Aftidan, mening 'maxsus harbiy operatsiya'dagi pozitsiyam, vatanimga qanday xizmat qilishim va yigitlarimizga yordam berishim ularni g‘azablantiradi.

Tarix bizni hukm qiladi, qolgan hamma narsa meni umuman bezovta qilmaydi. Qiladigan ishlarimiz ko‘p, ona yurtimiz aholisi bizni juda yaxshi kutib oladi, ko‘rganlaridan xursandlar, shubhasiz men ham bundan juda xursandman. Agar ertaga menga dunyoning hamma joylariga sayohat qilish taqiqlansa, faqat o‘z yurtimda ishlashimdan faxrlanaman va xursand bo‘laman”, — dedi u.

Avvalroq 23 oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning konserti bekor qilingandi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ham buni tasdiqlab, konsert “ayrim texnik sabablarga ko‘ra” qoldirilganini bildirdi.

Bungacha Lepsning Qozog‘iston va Qirg‘izistonda rejalashtirilgan konserti bekor qilingandi. Sababi rus xonandasi Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini doimiy qo‘llab kelgan va urushni moliyalashtirishni ham boshlagan. Xususan, u Ukraina armiyasiga tegishli tankni ishdan chiqargan har bir kishiga bir million rubl to‘lashni va’da qilgan va rus askarini Leopard tankini yo‘q qilgani sabab mukofotlagandi. Ijtimoiy tarmoq faollari shu tufayli uning mamlakatda konsert berishiga keskin qarshilik ko‘rsatib kelayotgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grigoriy Leps MDH davlatlarida konsertlari bekor qilinganiga munosabat bildirdi
ePN