10:30 / 26.07.2023
408

Avstraliyada 70 ga yaqin kit qirg‘oqqa otilib chiqdi

Avstraliyada 70 ga yaqin kit qirg‘oqqa otilib chiqdi

Foto: Reuters

G‘arbiy Avstraliyadagi Cheyns plyaji qirg‘oqlariga kitlar otilib chiqdi. Olbani port shahri yaqinida 70 ga yaqin dengiz jonivorlari topilgan.

Hudud aholisi kitlarni qutqarishga yordam berishni taklif qilmoqda, biroq rasmiylar odamlarni kitlarga yaqinlashmaslikka chaqirdi. Tegishli buyruq mahalliy hokimiyat tomonidan kitlar va odamlarning xavfsizligi uchun chiqarilgan.

“Biz hozirda jamoatchilikning tashvishlarini tushunamiz va ko‘ngillilarning yordam berish takliflarini qadrlaymiz. Biroq aholi va kitlarning xavfsizligi bizning ustuvor vazifamizdir, shuning uchun biz jamoatchilik vakillarini plyajdan uzoqroq yurishga chaqiramiz”, — dedi rasmiylar.

O‘zini sohilga tashlashdan oldin, kitlar g‘ayrioddiy harakatlar qilgani aytilmoqda.

Bu kitlarning birinchi marta qirg‘oqqa otilib chiqishi emas. Xususan, bu Yangi Zelandiyadagi ayrim kitlarga xos bo‘lgan harakat. U yerda ular qirg‘oq yaqinida katta guruh bo‘lib suzishadi va haddan tashqari issiqlikdan yoki o‘z vaznining bosimidan nobud bo‘lishadi. Olimlar uzoq vaqtdan buyon jonivorlarning g‘ayrioddiy xatti-harakati sabablarini tushunishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi “News.com.au”.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada 70 ga yaqin kit qirg‘oqqa otilib chiqdi
ePN