date
views 1 094

Lavrov Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish haqida: "Bu ko‘p vaqt olmaydi"

Lavrov Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish haqida: "Bu ko‘p vaqt olmaydi"

Rossiya Federatsiyasi hamkorlari bilan Qozog‘iston tranzit tizimidan foydalangan holda Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Lavrov aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi mavjud.

"Biz kelishib olmoqdamiz. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari ushbu masala yuzasidan bir necha marotaba bog‘lanishdi. O‘zbekiston ehtiyojlarini qondirish uchun Qozog‘iston tranzit tizimidan foydalanish muhokama qilinmoqda. Buning uchun joylarda bir qator texnik operatsiyalarni bajarish kerak. Buning iloji bor va bu ko‘p vaqt olmaydi", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish haqida: "Bu ko‘p vaqt olmaydi"