date
views 185

Erdo‘g‘on hozircha Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollarini ko‘rmayotganini aytdi

Erdo‘g‘on hozircha Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollarini ko‘rmayotganini aytdi

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukrainadagi harbiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollari hozircha yo‘qligini aytdi. U Anqara birinchi kundanoq hamisha “tinchlik, muloqot va diplomatiya” tarafdori ekanini eslatdi.

Biz muammoni kuchaytirmadik yoki olovga moy quymadik, biz ikkala tomonni uchrashtirishga harakat qildik. Afsuski, 1,5 yil avval boshlangan urush hali ham davom etmoqda. Oldinda tinchlikka erishish istiqbollari yo‘q”, — dedi u Sochidan qaytgach, jurnalistlarga bergan intervyusida.

Erdo‘g‘on “agar tomonlar muzokara o‘tkazish istagini bildirsa, Turkiya o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”ligini ta’kidladi. U “ikki qo‘shni mamlakat va mintaqaga zarar keltiruvchi bu urush imkon qadar tezroq xalqaro huquqqa asoslangan adolatli va mustahkam tinchlik bilan yakunlanishiga” umid bildirdi.

Kecha, 4 sentyabr kuni Turkiya prezidenti Sochida Vladimir Putin bilan uchrashdi. Ularning muzokaralari uch soat davom etdi. Ular, jumladan, don bitimi va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba o‘sha kuni Rossiya bilan mojaroni hal qilish uchun muzokara stolidagi uchrashuv yetarli emasligi, chunki bu vaziyatni muzlatib qo‘yishini aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on hozircha Ukrainada tinchlikka erishish istiqbollarini ko‘rmayotganini aytdi