Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

1 daqiqa o'qish336
Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

Afg‘onistonda hukumat tepasida turgan “Tolibon” rasmiylari Bodg‘is viloyatining Bala-Murg‘ob hududi orqali Turkmaniston bilan yangi chegara tranzit punkti tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Hukumat matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, ushbu yangi yo‘nalishni yaratishdan maqsad tovarlar eksporti va importini osonlashtirish, deb yozmoqda ToloNews.

“Biz Bala-Murg‘ob orqali Turkmaniston bilan bog‘lanish uchun yangi yo‘nalishni rejalashtirdik. Ish qizg‘in davom etmoqda, loyiha allaqachon belgilab olingan. Kompaniyalar bilan kelishib, tranzit punktini qurish bo‘yicha ular bilan shartnomalar imzolayapmiz, amaliy ishlari boshlanmoqda”, — dedi matbuot kotibi.

Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarasida 800 kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti mavjud: Farobdagi Akina va Hirotdagi Turg‘undi.

Eziz Boyarov

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?