Bayden Isroil uchun 10,6 milliard dollar yordam so‘radi. Aytilishicha, prezident ma’muriyati Kongressga 105 milliard dollar miqdoridagi budjet so‘rovini yubordi. U Isroilga harbiy yordam uchun 10,6 mlrd dollarni nazarda tutadi.
Paketning eng katta qismi - 61,4 milliard dollar - Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam uchun mo‘ljallangan.
Ma’muriyat shuningdek, gumanitar yordam uchun 9 milliard dollar so‘ramoqda - bu Ukraina, G‘azo sektori va Isroil uchun jami miqdor sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, G‘azodagi vaziyat keskinlashgach, AQSH tomoni Isroilni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi, Jo Bayden hatto tashrif bilan Tel-Avivga keldi.
Oldinroq AQSH davlat departamentining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha byurosi direktori Josh Pol Vashingtonning Isroilga harbiy ko‘makni oshirish haqidagi qaroriga norozilik ifodasi sifatida o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqqandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring