date

Tramp Koloradodagi nutqi oldidan liftda qamalib qoldi

Tramp Koloradodagi nutqi oldidan liftda qamalib qoldi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Kolorado-Springs shahridagi mehmonxonalardan birining liftida qamalib qoldi. Associated Press axborot agentligining ma’lum qilishicha, voqea 29 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 13.30 da yuz bergan, deyiladi "Kun" nashrida.

Milliarderdan tashqari, The Mining Exchange A Wyndham Grand Hotel & Spa mehmonxonasi liftida yana 4 kishi bo‘lgan. Shahar o‘t o‘chirish qismi xodimlari liftda qamalib qolganlarni chiqarib olish uchun lift shipidagi lyukni ochib, ichkariga narvon tushirishgan. Qamalib qolganlar u orqali 2-qavatga ko‘tarilib olishgan. Hech kim jabrlanmagan.

The Denver Post ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp liftda 30 daqiqa qolib ketgan va oqibatda o‘z chiqishiga kech qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Koloradodagi nutqi oldidan liftda qamalib qoldi