07:28 / 13.12.2023
395

AQSH va Ukraina urush borasida bir to‘xtamga kela olmayapti

AQSH va Ukraina urush borasida bir to‘xtamga kela olmayapti

Foto: Ukraina prezidenti Telegram kanali 

AQSH va Ukraina harbiy yetakchilari 2024 yil uchun yangi urush strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

AQSH Ukraina armiyasi asosiy e’tiborni mudofaa, kuchlarni shakllantirish va uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rishga qaratishi kerak, deb hisoblaydi. Ukraina esa quruqlikdagi hujumga o‘tmoqchi yoki muzokaralar uchun qulayroq shart-sharoitlarni ta’minlash uchun chuqur zarba bermoqchi. AQSH yangi strategiyadan ko‘zlangan maqsad — Ukraina qo‘shinlarini to‘plaganidan keyin Rossiya 2024 yil oxirida yoki 2025 yilda muzokaralar boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Amerika rasmiylariga tayanib, The New York Times gazetasining yozishicha, Ukrainada, go‘yoki ko‘pchilik “AQSHdan keyingi moliyalashtirishning beqarorligini va Kiyev so‘ragan harbiy yordam, jumladan, bir million o‘q-dorilarni taqdim etishning iloji yo‘qligini tushunmaydi”.

AQSH rasmiylari go‘yoki Kiyevni Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori kamayishi mumkinligiga tayyorlamoqchi”, — deya ta’kidlaydi nashr.

Kiyev sharqni, Vashington esa janubni jangning asosiy yo‘nalishi deb hisoblaydi. Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Ukraina qo‘mondonligi og‘ir yo‘qotishlardan qo‘rqib, harbiylarni ajratgan, ammo “yutuq o‘rniga umidsiz vaziyat yuzaga kelgan”.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo