1 191
Zelenskiy Putinni “hayvon” deb atadi va u bilan muzokaraga bormasligi sababini tushuntirdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha takliflarni izohlar ekan, “Rossiya tomonidan tinchlikka erishish yo‘lida hech qanday fundamental qadamlar ko‘rmayotganini” aytdi. Bu haqda u The Economist nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Zelenskiy tinchlik muzokaralari o‘rniga Rossiya Ukrainaning sharqi, janubi, shimoli va g‘Farbidagi shaharlariga havo hujumlari amalga oshirayotganini bildirdi.
“Men faqat terrorchi davlatning qadamlarini ko‘rmoqdaman. Agar Rossiya, G‘arb OAVlari yozganiday, konfliktni muzlatish istagi haqida signallar yuborayotgan bo‘lsa, bu ularning solihligi uchun emas, balki ularda raketalar, o‘q-dorilar yoki jangovar tayyor qo‘shinlar yetarli emasligi uchundir. Ularga mana shu pauza kerak. Butun kuchini tiklash uchun. Keyin esa ular bor kuchi bilan mazkur urush sahifasini varaqlashadi”, — dedi Zelenskiy.
Uning fikricha, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, Putin urushni G‘arb tomon yaqinlashtiradi.
“Putin o‘zini hayvon kabi zaif his qilmoqda, chunki u hayvon va agar g‘alaba qozongan taqdirda, u sizni butun Yevropa Ittifoqi, NATO, erkinlik va demokratiya bilan kechki ovqatga tanovvul qiladi”, — deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi