
Foto: Getty Images
BRIKS tarkibiga 1 yanvar kuni beshta yangi a’zo davlat — Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya qo‘shildi. Rossiya tashkilot raisligi lavozimini egalladi. Bu haqda Kremlin saytida xabar berildi.
“1 yanvar kuni Rossiya BRIKSga raislik estafetasini qabul qildi, o‘tgan avgust oyida tasdiqlangan BRIKSning XV sammiti qaroriga ko‘ra, u hozirda 10 ta davlatni o‘z ichiga oladi. BRIKSga Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya yangi to‘liq a’zo sifatida qo‘shildi”, — deyiladi Rossiya prezidentining rasmiy saytida.
Bir necha kun oldin Argentinaning yangi prezidenti Xaver Miley mamlakatning BRIKSga kirishini rad etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar