Foto: Pavel Bednyakov/POOL/TASS
Uzunligi deyarli 2 ming km bo‘lgan «maxsus harbiy operatsiya» (MHO) hududida 600 mingdan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi bor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
«Ehtimol, qo‘shimcha e’tibor va yechimlarni talab qiladigan muammolar bordir. Har doim nimanidir tuzatish kerak, chunki jangovar hudud katta - deyarli 2 ming km va jangovar hududda 600 mingdan ortiq odam bor», dedi u talaba-jangchilar bilan uchrashuvda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, «maxsus harbiy operatsiya»ni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi, boshqa davlat mexanizmlari kabi, «ma’lum ma’muriy xarajatlarni talab qiladi». Shuningdek, u MHO o‘z maqsadlariga erishishiga ishonch bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MHO urushning boshlanishi emas, balki Ukraina rahbariyati boshlagan urushni tugatishga urinish edi.